Latifalar
Favqulotda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi:
Hurmatli talaba, institut, universitet va akademiyalar hududida "SESSIYa" xavfi kutilmoqda. Ayrim fanlardan stavka tezligi 200 ming so'mgacha oshishi va buni eshitib sizni mazangiz qochishi mumkin. Pulsiz talabalar uchun QAYTAOPASNO bo'lishi mumkin. ESLATMA: Harajatsiz harakat darajasi - 0 ga teng! latifani o`qish
Agar erkak mashinasidan tushayotgan ayolga eshiklarni ochib tursa, demak...
Ikkalasidan bittasi hali yangi ekani aniq! latifani o`qish
Bir yigit chiroyli qizni oldiga kelib:
— Yaxshi qiz, menimcha siz oq otdagi shahzodangizni kutyapsiz, shundaymi?
Qiz:
— Ha, shunday!
Yigit:
— Ketdik unda...
Qiz:
— Shahzoda qani...? latifani o`qish
— Qo'yni qanday qilib sog'ish mumkin?
— Yangi iPhone ishlab chiqib, sotuvga qo'yish kerak. Ana keyin sog'sa bo'ladi... latifani o`qish
Xotin eriga debdi:
— Adasi, ishdan qaytishingizga somsa va palov pishirdim, yeysizmi?
Er:
— Albatta, kun bo'yi faqat shular haqida o'yladim...
Xotin:
— Men haqimda-chi?!
Er:
— Albatta seni ham esladim. Axir somsa va palovni sen pishirasan-ku! latifani o`qish
Birinchi sinf o'quvchisi o'qituvchisiga savol berdi:
— Ustoz, odam qanday tush ko'radi?
O'qituvchi:
— Odamlar uxlagan payt sochlari tikka bo'lib, antenna rolini bajaradi. Shunda bemalol tush ko'radi, - desa, bir bola xafa bo'lib:
— Meni dadam g'irt kal. Unaqada umuman tush ko'rolmas ekanlarda desa, O'qituvchisi:
— Sen xafa bo'lma, aksincha, seni dadang eng ko'p tush ko'radi. Chunki dadangni boshi parabolicheskaya antenna, - dermish. latifani o`qish
— Dugonajon, hali-yam turmushga chiqmadingmi?
— Yo'q. O'zimni eng yaxshi yigitga asrab yuribman!
— Uzoq asrab yuraverma! Yaroqlilik muddati o'tib ketmasin tag'in! latifani o`qish
Bir odam xonasida yotib, bekorchilikdan pashshalarni tutib o'tirsa, bir sehrli pashsha qo'liga tushib qolibdi.
— Meni qo'yib yubor... Istagan 3 ta tilagingni bajaraman! - debdi pashsha tilga kirib.
Haligi odam debdi:
— Qimmatbaho mashinam bo'lishini istayman!
Hovliga qarasa, yangi mashina turganmish.
— Faqat yeb-ichib yotsam deyman! - debdi yana. Oldida to'kin-sochin dasturxon paydo bo'lib qolibdi.
Uchinchi tilagiga debdi:
— Faqatgina yotsam, hech ish qilmasam...!
Bir payt qarasa, yana xonasida yotib, pashsha ushlab o'tirganmish... latifani o`qish
Qo'llarimni artib yurish uchun nam salfetka sotib oldim.
Ochib, bittasini oldim. Qo'llarimni artdim keyin stolni artdim, birozdan so'ng oyoq kiyimimni, sal turib ... latifani o`qish
Uzoq yo'lga yuradigan yuk mashinasi o'tirgan haydovchi kosachadan ovqat yeyayotgan ekan, yonidan kuchuk o'tib ketayotib:
— Salom og'ayni! - debdi.
Haydovchini jahli chiqib:
— Qanaqasiga senga og'ayni bo'lay!? - desa,
— Kichkina uychada yashaysan, kosachadan ovqat yeyapsan, xo'jayning ham bor bo'lsa kerak...?! - degan ekan kuchuk. latifani o`qish
Diqqat! Ushbu saytdagi barcha latifalar Latifa.Uz saytidan olingan.
waplog